Bosh sahifa » Bayt » Ehson

Ehson

Bayt:

Maddi ehsonro du chandon mekunad ro‘yi kushod,
Xandayi barq az sahobi gavharafshon xushnamost.

Tarjimasi: «Ochiq chehralik ehsonni ikki barobar qilib yuboradi. Gavhar sochuvchi bulutning chaqmoq – kulgusi go‘zaldir»

Muhtojga ehson qilayotgan paytda kishining yuzida go‘zal tabassum bo‘lishi uning ehsoni ustiga ehson deb hisoblanadi. Yerga o‘zining gavhardek ehsonlarini sochuvchi bulutning kulishi – chaqmog‘i uning yog‘dirayotgan ehsonini yanada go‘zalroq qilib ko‘rsatadi.

Yorqinjon Fozilov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*