Bosh sahifa » Bayt » Baxil bo‘lmang

Baxil bo‘lmang

Bayt:

Nish boshad qismati zanbur az daryoyi shahd,
Mumsik az qahri Xudo bebahra az moli xudast.

Tarjimasi: «Asal daryosidan arining nasibasi uning nishidir. Baxil Xudoning qahri sababli o‘z molidan bebahradir»

Asalariga tinmay to‘plagan daryodek ko‘p asalidan tekkan nasiba o‘zining zaharli nayzasi bo‘ladi, xolos. Xuddi shunday baxil odam ham Xudoning qahriga uchragani sababli to‘plagan mol-dunyosidan o‘zi bahra ololmaydi. Arining asalidan boshqalar yeb lazzatlanadi, ammo baxilning molidan hech kimga naf yetmaydi.

Yorqinjon Fozilov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*