Bosh sahifa » Ilm » Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 2-3-mavzular

Ro‘za bizdan nima talab qiladi? 2-3-mavzular

«Farishtalar kifoya qilmas edimi?»

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Bu o‘rinda ba’zi odamlarga, ayniqsa, yangicha dunyo qarashdagi odamlarga, «agar insonni yaratishdan maqsad faqat ibodat bo‘lgan bo‘lsa, u holda bu ish uchun insonni yaratishga ne hojat bor edi? Bu ishni farishtalar oldindan juda go‘zal tarzda ado etayotgan edilar va ular Allohga ibodat qilayotgan, tasbeh aytayotgan va ulug‘layotgan edilar?» degan shubha paydo bo‘ladi.

Alloh ta’olo Hazrat Odam alayhissalomni yaratmoqchi bo‘lganida, farishtalarga: «Men shunday bir insonni yaratmoqchiman» degan edi. Shunda behosdan farishtalar: Sen yer yuzida fasod qiladigan va qon to‘kadigan shunday insonni yaratasanmi? Axir biz ibodat, tasbeh va ulug‘lashni ado qilyapmizku deyishgan edi. Xuddi shunday, bugun ham e’tiroz qiluvchilar, «agar insonni yaratishdan maqsad faqat ibodat bo‘lganda edi, buning uchun insonni yaratishga ne hojat bor edi. Bu ishni oldindan farishtalar qilayotgan edilarku?» deb e’tiroz bildiryaptilar.

«Farishtalar ibodatidagi farq?»

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Shubhasiz, Alloh ta’oloning farishtalari Alloh ta’ologa ibodat qilayotgan edilar. Lekin ularning ibodati butkul o‘zgacha holatda edi va insonga yuklangan ibodat, butkul o‘zgacha holatda edi. Chunki, farishtalarning fitratida ular qilayotgan ibodatga to‘sqinlik va xiloflik qilish imkoni yo‘q edi. Agar ular ibodat qilmaslikni xohlasalar, u holda ularda ibodatni tark qilishlik salohiyati va iqtidori ham yo‘q. Alloh ta’olo ulardan gunoh qilishlik imkonini ham yo‘q qilgan va ular ochqamaydilar ham, chanqamaydilar ham, ularda shahvoniy talab ham paydo bo‘lmaydi. Xattoki, ularning qalbida gunoh vasvasasi ham o‘tmaydi. Ularda gunoh xohishi va gunohga qadam tashlashlik butkul uzoq narsadir. Shuning uchun Alloh ta’olo ularning ibodatiga ajr-savob ham bermagan. Chunki, agar farishtalar gunoh qilmayotgan bo‘lsalar, u holda ularda gunoh qilishga biror iqtidor va imkoniyat yo‘q. Gunoh qilishga biror iqtidor va imkoniyat bo‘lmagach, jannat ahli erishadigan ajr-savobga ham ega bo‘lmaydi.

“Islahiy xutbaat” kitobidan

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*