Bosh sahifa » Maqolalar » Ajoyib duo

Ajoyib duo

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:

Hazrat Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayh bir kuni ilmiy majlislarida shunday deyayotgan edilar: Insonga hayotda g‘am, musibat va mashaqqatlar yetadi. Agar inson o‘ylab ko‘rsa, bu mashaqqat va qiyinchiliklar ham haqiqatan Alloh ta’oloning ne’matlaridir. Bemorlik ham bir ne’matdir. Faqirlik va muxtojlik ham bir ne’matdir. Agar inson haqiqatni ko‘ra oladigan bo‘lsa, bu barcha narsalar ham Alloh ta’oloning ne’matlari ekanini ko‘radi.

Endi, “bu narsalar qanday qilib ne’mat bo‘ladi?” degan savol paydo bo‘ladi. Buning javobi hadisi sharifda keladi, Alloh ta’olo oxiratda mashaqqat va musibatlarga sabr qilganlarga behisob ajr savob beradi, o‘shanda dunyoda ko‘p mashaqqat va musibatlarga uchramagan odamlar buni ko‘rib, “koshki, dunyoda bizga ham musibat va mashaqqatlar yetganda edi, biz ham sabr qilar edik va sabrimizga mana shunday ajr savoblar olar edik, bugun sabr qiluvchilar bilan birga bo‘lar edik”, deb orzu qiladilar.

Haqiqatda, bu mashaqqat va qiyinchiliklar ne’matdir. Magar biz ojiz bo‘lganligimiz sababli, bularning ne’mat ekanini tasavvur qila olmaymiz.

Hazrat Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayh shunday deb turganlarida, majlisga bir shaxs kirib keldi. U nogiron edi va turli xil bemorliklarga mubtalo bo‘lgan edi. U kelib, Hazrat Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayhga: “Hazrat! Mening haqqimga duo qiling, Alloh ta’olo menga bu mashaqqatlardan najot bersin”, dedi. Hazrat Ashraf Ali Tahanoviy rahmatullohi alayh aytadilarki, “biz o‘sha majlisda hozir edik. Biz hayron bo‘ldikki, Hazrat Hoji Imdodulloh Makkiy janoblari butun musibatlar va qiyinchiliklar ne’mat bo‘ladi deb turgan edilar. Endi bu shaxs o‘zidan mashaqqat va qiyinchiliklarni ketishiga duo qildiryapti. Agar Hazrat Hoji janoblari bu shaxs uchun mashaqqatlarni ketishini so‘rab duo qilsalar, u holda, ne’matni ketishini duo qilgan bo‘lib qoladilar?”

Hazrat Hoji Imdodulloh Makkiy rahmatullohi alayh shu payt qo‘llarini duoga ko‘tardilar va shunday duo qildilar: “Ey, Allohim! Haqiqatda, bu barcha musibatlar va mashaqqatlar ne’matdir. Lekin, Ey, Allohim! Biz ojizmiz. Sen bizning ojizligimizga nazar solib, bu mashaqqat ne’matini, salomatlik ne’matiga almashtirib ber!

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh
“Islahiy xutbaat” kitobidan

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*