Bosh sahifa » Bayt » Qalb ko‘zi ko‘r bo‘lmasin

Qalb ko‘zi ko‘r bo‘lmasin

Bayt:

Az asoyi xud xatar dorand ko‘ron vaqti jang,
Be basirat az dalili xesh mulzam meshavad.

Tarjimasi: Jang vaqtida ko‘rlarga o‘z hassalari xatar bo‘ladi. Basiratsiz (qalb ko‘zi ko‘r, nodon) kishi o‘zi keltirgan dalil bilan mulzam bo‘lib qoladi.

A’mo kishi ko‘zi ochiq odam bilan jang qilsa, raqibi uning qo‘lidagi hassani osongina olib qo‘yib, unga qarshi ishlatib uni mag‘lub qilishi mumkin. U suyanchiq, himoyachi deb o‘ylagan narsa o‘zining boshiga balo bo‘ladi. Xuddi shunday, qalbi ko‘zi ko‘r, uzoqni o‘ylamay gapiradigan kishi o‘z foydasiga deb keltirgan dalil bilan mulzam (mag‘lub) bo‘lib qoladi.

Yorqinjon Fozilov tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*