Bosh sahifa » Maqolalar » Qabr ziyoratchisining duosi

Qabr ziyoratchisining duosi

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: أَتَانِي جِبْرِيلُ فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ قَالَتْ: قُلْتُ كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: قُولِي السَّلاَمُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا وَالْمُسْتَأْخِرِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلاَحِقُونَ. وَفِي رِوَايَةِ السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ لَلاَحِقُونَ أَسْأَلُ اللهَ لَنَا وَلَكُمُ الْعَافِيَةَ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

“Jabroil kelib, menga: “Robbing seni ahli Baqiy’ga kelib, istig‘for aytishingga amr qiladi”, deb aytdi”, dedilar”.

Oisha roziyallohu anho aytadi:

“Ularga nima deyman, ey Allohning Rasuli?” dedim.

“Assalomu ala ahlid diyari minal mo‘miniyn val muslimiyn va yarhamullohu al-mustaqdimiyna minna val musta’xiriyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun».

Ma’nosi: “Mo‘minlar va muslimlardan bo‘lgan diyor ahliga salom. Alloh bizdan o‘tganlarni va qolganlarni rahm qilsin. Albatta, biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz” deb ayt”, dedilar”.

Boshqa bir rivoyatda:

“Assalomu alaykum ahlid diyarim minal mo‘miniyna val muslimiyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun. As’alulloha lana va lakumul afiyata”.

Ma’nosi: “Mo‘minlar va muslimlardan bo‘lgan diyor ahliga salom. Albatta, biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz. Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so‘rayman”, deyilgan.

Muslim rivoyat qilgan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ النَّبِيَّ أَتَى الْمَقْبُرَةَ فَقَالَ: السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ دَارَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لاَحِقُونَ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam maqbaraga keldilar va:

“Assalomu alaykum dora qavmim mo‘miniyn. Va inna inshaallohu bikum lahiqun”, dedilar” (Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar).

Har birimiz ushbu muborak duolarning ma’nosini anglab, yod olishimiz va o‘rni kelganda o‘qib yurishimiz lozim.

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*