Bosh sahifa » Bayt » Mehmonga ikrom ko‘rsatish

Mehmonga ikrom ko‘rsatish

Bayt:

Xanda ro‘yi mehmonro gul ba jayb afshondanast,
Tangxulqiy kafsh peshi poyi mehmon mondanast.

Tarjimasi: Mehmonga kulgan (tabassumli) yuz bilan boqish, quchog‘iga gul sochishdir. Xulqi tanglik mehmon oyog‘i oldiga kavush qo‘yishdir.

Mehmonni tabassum, ochiq chehra bilan iliq qarshi olish go‘yo uning oyog‘i ostiga guldan poyandoz tashlab kutib olish bilan barobardir. Mehmon huzurida tor fe’lli bo‘lish esa go‘yo uning oldiga kavushini to‘g‘irlab qo‘yib, “ketaverasiz” deyishga o‘xshaydi.

So‘fiy Allohyor rahimahulloh ham mehmonni kulib qarshi olish haqida juda go‘zal so‘z aytganlar:

Kulub mehmon qoshig‘a chiqg‘in ey qul,
Shajar mevadin oldin ko‘rsatur gul.

Ya’ni,”Ey banda, mehmon oldiga kulib chiq. Ko‘rmaysanmi, daraxt ham mevadan oldin gulini ko‘rsatadi. Daraxt meva tugishdan oldin gullab egasini xursand qiladi. Sen ham mehmon kelganda dasturxonga nozu ne’matlar olib chiqishingdan oldin yuzingda guldek tabassuming bo‘lsin”.

Yorqinjon Fozilov

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*