Bosh sahifa » Ilm » Foydali ilmdan mahrumlik

Foydali ilmdan mahrumlik

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:

“Gunohning zararlaridan biri shuki, inson foydali ilmdan mahrum bo‘ladi. Ilm boshqa narsa, ma’lumot boshqa narsadir. Ikkisining o‘rtasida farq bor. Ma’lumot xoh mo‘’min bo‘lsin, xoh kofir bo‘lsin, xamma insonda bo‘ladi. Bizga qancha poplar (nasroniy ruxoniy) uchraganki, islom dini haqida shunday ma’lumotlarni biladi, inson xayron qoladi. Shunday poplar ham uchraganki, arab tilida bemalol gaplashar edilar. Siz Qur’oni karim oyatlarini o‘qiganingizda, ular uning tarjimasini aytib beradilar. Ulardagi narsa ilm emas, balki, ma’lumotdir.

Pikxtal Qur’oni karimni ingliz tiliga tarjima qilgan paytida kofir edi. Bir kofir tilshunoslik yordamida Qur’oni karimni tarjima qildi.Qur’oni karimni mo‘’jizasiki, Alloh ta’olo keyin unga hidoyat ato qildi. Demak, ma’lumot kofirda ham bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari ilm va ma’lumot o‘rtasida yana qanday farq bor? Hazrat Muftiy Muhammad Shafi’ Usmoniy rahmatullohi alayh bir kuni talabalardan: “Aytinglarchi, ilm deb nimaga aytadilar?” deb so‘radilar. Kimdir “bilish” dedi. Yana kimdir “xabardor bo‘lish” dedi. Hazrat jim turdilar. Bir necha turli xil javob berganlaridan keyin bolalar ham jim bo‘ldilar. Shunda, ulardan biri: “Hazrat! O‘zingiz aytib bering?” dedi. Hazrat: “Ilm nurdir. Uni hosil qilgandan keyin unga amal qilmasdan turib orom va xotirjamlik bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lsa, u ilmdir, yo‘qsa, u ma’lumotdir”, dedilar. Demak, mana shuni ilmi nofe’, ya’ni foydali ilm deydilar. Agar bunday bo‘lmasa, u holda mana bu oyatdagi kabi bo‘ladi:

كَمَثَلِ الْحِمَارِ يَحْمِلُ أَسْفَاراً

Ya’ni: “… misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o‘xsharlar” (Juma surasi, 5-oyat)

Bani Isroilning ilmga amal qilmaydigan olimlari bor edi. Ular ustiga kitob ortilgan eshakka o‘xshatildi. Demak, ilm boshqa narsa, ma’lumot boshqa narsadir.

Shuning uchun qachonki, ma’lumot bo‘lsa, ilm bo‘lishiga qaramasdan banda zalolatga ketadi. Bir qarashda unda ilm bo‘ladi, lekin u nomi ilm xolos.Aslida esa, u ma’lumot bo‘ladi. Alloh ta’olo Qur’oni karimda shunday deydi:

أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ

Ya’ni: “Ko‘rmading-mi, havoi nafsini iloh qilib olgan va Alloh uni ilm bo‘lishiga qaramasdan zalolatga solgan kimsani…” (Josiya surasi, 23-oyat).

Aslida u bilgan narsalar ilm emas, ma’lumot edi. Foydali ilm emas edi. Agar foydali ilm bo‘lganda edi, u holda unga foyda bergan bo‘lar edi. Ilm bo‘lishiga qaramasdan zalolatga ketdi. Axir bu nima degan gap?

Bir misol:

Ilm bo‘lishiga qaramasdan zalolatga ketishning misoli shuki, sigareta chekish inson salomatligi uchun zaralidir. Ko‘pincha sigareta chekuvchi kimsa yosh bolalarga: “Ukam, biz hayotimizni zaharlab bo‘ldik. Extiyot bo‘l. Sen bu yomon odatga tushib qolma!” deb nasihat ham qiladi. Buning ma’nosi shuki, u biladi va sigareta ishlab chiqaruvchi kompaniya: “Sigareta chekishlik sog‘lik uchun zararlidir” deb ustiga yozib ham qo‘yadi.Hozirda chekuvchi ham biladi va ishlab chiqaruvchi ham buni aytyapti. Lekin bu kimsaning qalbida shunday xohish paydo bo‘ladi, u zararni ham tan oladi va sigareta chekishni ham boshlaydi. Mana shuni ilm bo‘lishiga qaramasdan zalolatga ketish deydilar. U kimsa o‘zini nima qilayotganini biladi. Nafs sababli ojiz qoladi. Uning qalbiga, qulog‘iga muhr bosiladi.Ko‘ziga parda tortiladi.

أَفَرَأَيْتَ مَنِ اتَّخَذَ إِلَهَهُ هَوَاهُ وَأَضَلَّهُ اللَّهُ عَلَى عِلْمٍ وَخَتَمَ عَلَى سَمْعِهِ وَقَلْبِهِ وَجَعَلَ عَلَى بَصَرِهِ غِشَاوَةً فَمَن يَهْدِيهِ مِن بَعْدِ اللَّهِ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

Ya’ni: “Ko‘rmading-mi, havoi nafsini iloh qilib olgan, Alloh uni ilm bo‘lishiga qaramasdan zalolatga solgan va qulog‘iga hamda qalbiga muhr bosib, ko‘ziga parda tortib qo‘ygan kimsani Allohdan boshqa kim hidoyat qila oladi?! Eslamaysizlarmi?!” (Josiya surasi, 23-oyat)

Shuning uchun doim ilmi nofe’, foydali ilm so‘rab duo qilishlik lozim. Gunohlar sababli inson foydali ilmdan mahrum bo‘ladi. Bilgan narsalari quruq ma’lumot bo‘lib qoladi. Shaytonning shunday xiylasi bo‘ladi, tolibi ilm: “albatta, men oldin o‘qib olayin, keyin amal ham qilaman” deydi. Hozirda o‘qib qalb amal qilishni uddasidan chiqa olmayaptimi, o‘qib, muddat o‘tib ketganda, keyin qayerda amal qila oladi? Bu shaytoning hiylasidir. Demak, gunohlar zulmati insonni foydali ilmdan mahrum qiladi.

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*