Bosh sahifa » telegram » Qarzdan qutulish duosi

Qarzdan qutulish duosi

Hazrati Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi mablag‘ni topolmay, Hazrati Ali roziyallohu anhudan yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi? Agar:

اللهم اكفني بحلالك عن حرامك واغنني بفضلك عمن سواك.

«Alloohummakfiniy bihalaalika ‘an haroomika vag‘niniy bifazlika ‘amman sivaaka» duosini o‘qib yursang, qarzing tog‘ning bir taraficha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar.

Ma’nosi: «Ey Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila o‘zingdan boshqalardan behojat qil» (Imom Termiziy rivoyatlari).

Abu Said roziyallohu anhu rivoyat qiladi. Bir kuni Payg‘ambar alayhissalom masjidga kirdilar va u yerda ansorlardan Abu Umoma roziyallohu anhuga ko‘zlari tushdi:

– Ey Abu Umoma, nega namoz vaqtidan tashqarida ham masjidda o‘tiribsan? – deya so‘radilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

– Menga azob berayotgan dardlar va qarzlarim sababli shu yerdaman, ey Allohning rasuli, – deb javob berdi Abu Umoma roziyallohu anhu.

– Senga bir duo o‘rgataymi? Uni o‘qisang, Alloh dardingga davo, qarzinga najot beradi, – deb marhamat qildilar Payg‘ambar alayhissalom.

– O‘rgating, yo Rasululloh!

Payg‘ambar alayhissalom dedilar:

– Tongda va oqshomda shu duoni o‘qi:

اللهم اني اعوذبك من الهم و الحزن و اعوذبك من العجز والكسل و اعوذبك من الجبن و البخل و اعوذبك من غلبة الدين و قهر الرجال.

“Allohumma inni a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzi bika minal ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buhli va a’uzu bika min g‘alabatid dayni va qahrir rijol”.

Ma’nosi: «Yo Alloh, dard-alamdan, ojizlikdan, tanballikdan, qo‘rquvdan, baxillikdan, qarzim ko‘payishidan va odamlarning qahridan senga sig‘inaman».

Abu Umoma (roziyallohu anhu) aytadi: “Bu duoni o‘qib, ham dardimdan, ham qarzlarimdan qutuldim” (Abu Dovud rivoyati).

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*