Bosh sahifa » telegram » Hazrat Tahonaviydan ibrat

Hazrat Tahonaviydan ibrat

Hazrat Tahonaviy bilan sodir bo‘lgan bir voqea:

Hazrat o‘z shogirdlariga va o‘zlariga taalluqli kishilarga ko‘rsatma berib, poyezdda va samolyotda safar qilganda bepul olib yurishga ruxsat berilgan miqdordan ortiqcha yukni taroziga torttirib, haqini qo‘shimcha to‘lashni buyurar edilar. Bir safar o‘zlari safar qilmoqchi bo‘lib vokzalga keldilar. Yuklarini torttirmoqchi bo‘lib tarozining yaqiniga kelgan edilar, vagon kuzatuvchisi («provodnik») hazratni tanib qolib, yaqin keldi.

– Nima qilayapsiz, hazrat? – so‘radi u.
– Yuklarimni torttirmoqchiman.
– Bunga hojat yo‘q. Men siz bilan birga ketaman, ortiqcha yukka haq to‘lashga zarurat yo‘q, dedi vagon kuzatuvchisi.
– Siz men bilan qayergacha borasiz?, – so‘radilar hazrat. U falon bekatgacha borishini aytdi.
– Undan uyog‘iga nima qilaman? – dedilar hazrat.
– U yerga yetgach, keyingi vagon kuzatuvchisiga «Bu hazratning yuklari» deb aytib qo‘yaman.
– O‘sha hamkasbingiz men bilan qayergacha boradi? – so‘radilar ustoz.
– U siz tushadigan bekatdan ham o‘tib ketadi, – dedi haligi kishi.
– Biroq men undan uyog‘iga ham safar qilaman-da, – dedilar hazrat.
– Qayerga? – so‘radi u kishi hayron bo‘lib.
– Alloh taoloning huzuriga. Oxiratda kim, qaysi «provodnik» meni Allohning huzurida, U Zotning savol-javobidan qutqarib qoladi?

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*