Bosh sahifa » telegram » «Alloh taolo ko‘rib turibdi!»

«Alloh taolo ko‘rib turibdi!»

Bir ota qizi bilan birga safar qilayotgan edi. Ular bir uzum bog‘i yonidan o‘tayotganlarida, otaning qalbida ochko‘zlik uyg‘ondi va biroz uzum yeyishni xohlab qoldi. Shunday qilib, u qizini bir joyga turgizib qo‘yib: «Qizim! Sen shu yerda turib, uyoq buyoqqa qarab tur. Agar birov kela boshlasa, darhol xabar ber», dedi. U uzum uzish uchun ketib, endigina uzum novdasi yoniga yetganida, qizi baqirgancha: «Otajon! Otajon! Bizni birov ko‘rib turibdi. Otajon! Otajon! Bizga birov qarab turibdi», deya boshladi. Shunda, ota qo‘rqib ortiga qochdi. Qizining yoniga kelib, uyoq buyoqqa qaradi. Hyech kim yo‘q edi. U: «Qizim, kim qarab turibdi?» deb so‘radi. Qizi: «Otajon! Agar biror banda ko‘rmayotgan bo‘lsa, u holda bandalarning Robbisi Alloh taolo ko‘rib turibdi», dedi…

Hazrat Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh

Abdulqayyum Komil tarjimasi

Поделиться

Javob qoldirish

Электрон почтангиз чоп қилинмайди.Шарт қаторлар белгиланган *

*